O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugungi o‘yinni o‘tkazmay turib Osiyo Kubogiga yo‘llanma oldi

  • 14 iyun, 2022, 11:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ayni paytda Falastin - Filippin o‘rtasida Osiyo Kubogi saralash bahsi o‘tkazilmoqda. Uchrashuv hali yakunlangani yo‘q. Ammo Falastin 4:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda.

Ushbu natija tufayli O‘zbekiston va Tailand Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi. Garchi bugun o‘zaro o‘yin o‘tkazishi hamda unda qayd etiladigan natijadan qat’iy nazar.

Chunki final bosqichiga 1-o‘rinni egallaganlar va 6 ta guruhdagi eng yaxshi 2-o‘rinni olgan 5 jamoa chiqar edi. Filippin bugungi o‘yinga qadar 4 ochkoga ega edi. O‘zbekiston, Tailand, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gonkong, Hindiston kabi termalar muddatidan avval Osiyo Kubogigi yo‘l oldi.

Shu tariqa, Tojikiston ilk bor Osiyo Kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!