O‘zbekiston milliy terma jamoasi Evropa chempioni bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

  • 17.07.2021 10:00
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Gretsiya Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti direktori Andreas Andrianopoulos o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Ravshan Ermatov Gretsiya bilan hamkorlikda ikki mamlakat terma jamoalari hamda klublar o‘rtasida xalqaro uchrashuvlarni tashkil etish, futbol mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish yo‘lida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara berishini ta’kidlab o‘tdi.

Andreas Andrianopoulos esa O‘zbekiston va Gretsiya milliy hamda turli yosh toifalardagi terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidladi. Bu o‘z navbatida muxlislarda qiziqish uyg‘otadi va ikka mamlakat futbol tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, “Olimpiakos”, “PAOK” kabi Evropaning nomdor klublarida murabbiylarimiz malaka oshirishi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuv so‘ngida Ravshan Ermatov mehmonga O‘FA takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
17/07/2021 11:16
ИТАЛИЯМИ НАҲОТКИ ДЕБ РОСА СЕВИНИБ КИРСАМ. ҚАЧОНЛАРДИР 1 АДАШИБ ЧЕМПИОН БЎЛИБ ҚОЛГАН ГРЕЦИЯ ЭКАН. МУХЛИСЛАРНИ ЎҚИТИШНИ ЗЎР ЙЎЛИНИ БИЛАСАНЛАРДА... ЎША ГРЕЦИЯ БИЛАН ЎЙНАСА ҲАМ МАЙЛИ ЎЙНАСИН ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ЖАМОАСИ... ЯНГИЛИКЛАРНИ КУТИБ ҚОЛАМИЗ. ФАҚАТ САРЛАВҲАСИ СУПЕР БЎЛИБ ИЧИ БЎМ БЎШ БЎЛМАСИН МТЖ ГА ЎХШАБ.
&
Kankret bola
17/07/2021 10:33
Bizani jurnalistlaga tiygan kasal bu gapi boshqa yoqdan opqochib keladi
&
umidjon omonov
17/07/2021 10:20
Сарловхенга уре. Ман Италия Билан уйнармикин диб уйлабман