O‘zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyaga uchib ketdi

  • 21.01.2026 22:00
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Xabar berganimizdek, bugun tunda futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi – 2026 musobaqasining final bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent – Kuala-Lumpur – Jakarta yo‘nalishi bo‘ylab Indoneziyaga yo‘l oldi.

Milliy terma jamoa a’zolarini Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston futzal federatsiyasining mas’ul xodimlari kuzatib qolishdi.

Eslatib o‘tamiz, 27-yanvardan 7-fevralgacha Jakarta shahridagi “Jakarta Arena” hamda “Jakarta xalqaro volodromi” sport majmualarida bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi “C” guruhida Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!