O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchi jarohat sabab yig‘inni tark etdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini davom ettirmoqda. Ammo jamoaga jalb etilgan futbolchilardan biri — Zafarmurod Abdirahmatov jarohat sabab yigʻinni tark etdi. Bu haqida OʻFA matbuot xizmati maʼlum qildi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Zafarmurod Abdirahmatov mashgʻulotlar davomida eski jarohati sabab oʻzini noqulay his qildi. Shifokorlar tavsiyasiga koʻra, himoyachining jarohatdan tiklanish jarayoni Oʻzbekistonda davom ettiriladi.
Futbolchimiz tez orada sogʻayib, safga qaytishini tilab qolamiz", — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26 yanvar kuni Xitoy milliy jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazadi.
Fikrlar