
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Armanistonga qarshi o‘yini o‘tkaziladimi? - O‘FA matbuot xizmatidan javob
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turibdi.
2020 yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Ammo bir necha kun avval FIFA Osiyodagi mundial saralash bahslari qoldirilganini e’lon qildi.
Bosh jamoamiz mart oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 26 mart kuni Armaniston terma jamoasi poytaxtimizda mehmon bo‘ladi. Bu uchrashuv qoldirilishi mumkinmi? degan savol bilan "SPORTS.uz haftasi" ko‘rsatuvida O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayzievga murojaat qildik.
- Bu o‘yin hali qoldirilmadi. Muzokaralar davom etmoqda. Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi Toshkentda bo‘ladi. Faqat Armaniston yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sport vazirligi bilan kelishgan holda bu bellashuvning o‘tkazilish ehtimoli bor, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar