O‘zbekiston MOQ rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti bilan uchrashdi

  • 01.11.2025 16:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
 
Muloqot chog‘ida tomonlar futbol sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani mustahkamlash kabi masalalarni muhokama qildilar. 
 
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tib, sport orqali Osiyo mintaqasida do‘stlik va birdamlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!