Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligiga "Chelsi" va "Tottenxem"ni boshqargan mashhur mutaxassisning ham nomzodi ilgari surilgan!

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Bu murabbiy Osiyo va Rossiyada ham ishlagan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati 2-saralash bosqichidan o‘ta olmaganidan so‘ng Vadim Abramov o‘rnini Srechko Katanets egalladi. Sloveniyalik mutaxassis 2021 yilning yozida terma jamoa boshqaruviga tayinlangandi.

Ungacha esa O‘FA bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqdi. Ular orasida "Chelsi", "Tottenxem", "Zenit", "Shanxay SIPG" hamda "Marsel" klubida murabbiylik qilgan Andre Villash-Boash ham bor edi. Bu haqda O‘FA terma jamoalar bo‘limining sobiq rahbari Azizbek Haydarov SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- Nomzod murabbiylar ko‘p bo‘lgan, yaxshi mutaxassislar edi. Shunga yarasha narxlari ham baland bo‘lgan. Masalan, portugaliyalik Andre Villash-Boash ham nomzodlar orasida bor edi, - dedi Azizbek Haydarov.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q