O‘zbekiston MTJ etakchisi jahon chempionati saralashining ilk turini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

  • 16 noyabr, 2023, 17:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralashi birinchi turdan o‘rin olgan Turkmanistonga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibi e’lon qilindi.

Terma jamoamiz etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov nafaqat asosiy tarkib, balki qaydnomadan ham o‘rin olmagan. Chunki futbolchi klubining oxirgi o‘yinida oyog‘idan jarohat olgandi va bu bellashuvgacha tiklana olmagan. Natijada Katanets Masharipovni Turkmaniston bilan bahsga jalb qilmadi.

Gretsiyaning "Panserraykos" klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz 2-turda bo‘ladigan Eronga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, yig‘inga chaqirilgan Umarbek Eshmurodov ham betobligi bois terma jamoa safini tark etgan. 

O‘zbekiston MTJga nega qo‘shimcha 3 futbolchi chaqirildi? Masharipov va Eshmurodov yig‘inni tark etadimi? - Davron Fayzievdan javob

photo_2023-06-11_19-33-16

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!