O‘zbekiston MTJ futbolchisi Janubiy Koreyada chempionlikka erishdi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustamjon Ashrumatov klubi bilan chempionlikka erishdi.
Xabaringiz bor, Ashrumatov Janubiy Koreyaning ikkinchi dvizioni «Gvangju» sharafini himoya qilayotgandi. Bugun jamoa «Chonnam Dragons»ga qarshi maydonga tushdi o‘z maydonlarida kutilmaganda imkoniyatni boy berishdi (1:2). Lekin shunga qaramay, "Gvangju" muddatdan avval «Key-liga Chellenj»da chempionlikka erishdi va Key-liga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Rustamjon Ashurmatov bu mavsum "Bunyodkor"dan Janubiy Koreya quyi ligasiga kelgandi. Ilk mavsumidayoq hamyurtimiz sovrin sohibiga aylandi.





Fikrlar