
O‘zbekiston musobaqa mezbonini yirik hisobda taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi
Futzal bo‘yicha Kuvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Kuvayt uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtlarimiz tarkibida Choriev, Rahmatov hamda Nishonov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, terma jamoamiz yarim finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar