O‘zbekiston Osiyo chempionatida medallar jamg‘armasi bo‘yicha nechanchi o‘rinni egalladi?

  • 10.04.2026 14:27
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz nihoyasiga yetdi.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoamiz jami 11 ta medal – 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza qoʻlga kiritdi.

Ushbu natija bilan vakillarimiz umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin Qozogʻiston(6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza), ikkinchi oʻrin esa Hindiston(5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza)ga nasib etdi.

Shuni taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu Osiyo chempionatida ikkinchi tarkib bilan qatnashgan boʻlsa-da, qitʼadagi yetakchi terma jamoalardan biri ekanini isbotlab qoʻydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!