O‘zbekiston Osiyo chempionatida yana to‘rt medalni qo‘lga kiritdi

  • 29.03.2026 14:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Velosport

O‘zbekiston velotrek terma jamoasi Filippinda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida yaxshi natijalar qayd etmoqda va medallar sonini yana to‘rt taga ko‘paytirdi — bitta oltin, bitta kumush va ikki bronza.

Kattalar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha poygada g‘olib chiqqan Nafosat Qoziyeva jamoaga oltin medalni taqdim etdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi medison yo‘nalishida Ekaterina Makarochkina va Nadejda Bartenyova dueti kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi ochkolar bo‘yicha poygada yuqori natijalar ko‘rsatgan Shoislom Shoakmalov hamda Gulhayo Sattorova bronza medali sohiblariga aylandi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik velopoygachilar qit’a birinchiligida barqaror natijalarni namoyish etishda davom etib, xalqaro maydondagi yuksak tayyorgarligi va raqobatbardoshligini tasdiqlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!