O‘zbekiston Osiyo kubogida "C" guruhidan o‘rin oldi. Raqiblarimiz esa Yaponiya, Tojikiston hamda Avstraliya

  • 5 noyabr, 12:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilning 27 yanvar — 7 fevral sanalarida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining final raundiga bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "C" guruhidan joy olib, Yaponiya, Tojikiston va Avstraliya bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. 
 
Osiyo kubogi-2026 final bosqichiga chiqqan jamoalardan to‘rttasi – Eron, Yaponiya, Tailand hamda O‘zbekiston qit’a chempionatlarida uzluksiz ishtirok etib kelishmoqda – 18 marta. Qirg‘iziston – 17, Janubiy Koreya – 15, Kuvayt, Iroq – 14, Livan, Malayziya, Tojikiston – 13, Indoneziya – 11, Avstraliya – 9, Vetnam – 8, Saudiya Arabistoni – 4, Afg‘oniston – 2 marta Osiyo Kubogi final bosqichida qatnashgan. 
 
Osiyo kubogi – 2026 final bosqichi bahslari Jakarta shahridagi ikkita yirik sport majmuasida – “Indoneziya arena” (sig‘imi – 16 500 tomoshabin) hamda “Gelora Bang Karno” (sig‘imi – 7166) da bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finalga yo‘llanma olishadi va Olimpiya tizimida medallar uchun kurashni davom ettirishadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!