
O‘zbekiston OTJning navbatdagi yig‘in uchun tarkibi e’lon qilindi (foto)
Xabaringiz bor, Olimpiya terma jamoamizni 2022 yilda ikkita yirik musobaqa — mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U23 Osiyo kubogi va Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlari kutib turibdi.
Bu borada oldinda turgan nufuzli turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, U23 terma jamoamiz 15-28-dekabr kunlari Toshkent va Antaliya shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Timur Kapadze mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar