O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar, hakamlar, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlari (videokonfrentsaloqa platformasi orqali) ishtirok etdi.

Kun tartibida federatsiya ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jumladan, federatsiya bosh kotibi, ijrochi direktori, rais o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini saylash, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etish joiz, stol tennisi mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri bo‘lib, yoshlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazkur sport bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi. Buni tadbirda so‘zga chiqqan rasmiylar ham alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, ular bu kabi sport turlari mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotida muhim o‘rin tutishi, bundan keyin uni yoshlar orasida yanada ommalashtirish zarurligini qo‘shimcha qilishdi.

Konferentsiyada federatsiya bosh kotibi lavozimiga Sherzod Pardaev, ijrochi direktor lavozimiga esa Oybek Muzaffarovning nomzodlari ko‘rsatildi va ushbu mutaxassislar konferentsiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan yangi lavozimga saylanishdi.

Tadbir davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!