
O‘zbekiston Superligasi. "Metallurg" asabiy kechgan bahsda "arslonlar"ni mahv etdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Metallurg" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
"Ma’danchilar" safida yagona golni Bektemir Abdumannonov kiritdi. Uning goli bekobodliklarga 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, "Metallurg" ochkolari sonini 29 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 7-pog‘onadan joy egallagan.
"Dinamo" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, klub so‘nggi 14-pog‘onani band etgan.
Fikrlar