
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi yana legionerga aylanishga yaqin turibdi
O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Torpedo" klubi vingeri Hojimat Erkinov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirishga yaqin turibdi. Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning xabar berishicha, o‘tgan mavsumni "Paxtakor"da o‘tkazgan futbolchining yangi jamoasi ham ma’lum.
"Xojimat Erkinov yangi mavsumni BAAning "Al Vaxda" jamoasida o‘tkazishga juda yaqin.
"Torpedo" futbolchini "Paxtakor"ga ijara asosida qo‘yib yuborgan edi. Katta ehtimol bilan Erkinovni "Al Vaxda" sotib oladi. Muzokaralar so‘nggi bosqichda", - deyiladi xabarda.
Fikrlar