O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan bahsga tayyorlanmoqda

  • 02.02.2026 14:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Indoneziyda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, chorak finalda kuch sinashadigan jamoalar juftliklari ma’lum bo‘lganidan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri — Eronga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Bugun kunning birinchi yarmida terma jamoamiz qit’a chempionati o‘yinlari o‘tkazilayotgan "Jakarta Xalqaro velodrom" sport majmuasini ilk bor ko‘zdan kechirdi va shu yerda dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Murabbiylar shtabi Eron terma jamoasining o‘yin uslubini chuqur tahlil qilgan holda futzalchilarga zarur ko‘rsatmalar bermoqda. Shuningdek, o‘zaro bog‘lanmalar va kerakli ishlanmalar ustida ish olib borilmoqda. Ijobiy natijani ta’minlovchi asosiy omil sifatida intensiv hamda qarshi hujumlar taktikalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga — seshanba kuni chorak final o‘yinlari dasturini aynan Eron – O‘zbekiston bahsi ochib beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!