O‘zbekiston terma jamoasi ertaga Rossiyaning amaldagi chempioniga qarshi maydonga tushadi

  • 11.02.2021 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berilganidek, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bosh jamoamiz ertaga Rossiyaning amaldagi chempioni – “Zenit”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mazkur bahs Dubay shahrida joylashgan NAS sport majmuasida Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!