
O‘zbekiston terma jamoasi "Spartak" va "Bunyodkor" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi yil yakuni oldidan yana bir yig‘in tashkil etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Azamat Abduraimov ustozligidagi o‘smirlar terma jamoamiz bugundan boshlab poytaxtda o‘quv yig‘iniga kirishdi. Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 29 noyabrga qadar mashg‘ulotlar olib boradi.
Yig‘in doirasida 2 ta nazorat o‘yini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, 28 noyabr kuni “Bunyodkor” jamoasiga qarshi, 29 noyabrda esa “Spartak” jamoasi bilan o‘yinlar tashkil etiladi.
Yig‘inda ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Karjovov Asad (Navoiy BO‘FA), Aliev Dilrux (Toshkent BO‘FA), Muratboev Samandar (Qoraqalpog‘iston BO‘FA), Murkaev Maksim (“Paxtakor”).
Himoyachilar: Ni Danil (“Paxtakor”), A’loxo‘jaev Maqsud (“Oq-tepa”), Toshkenboev Aziz (“Oq-tepa”), Vahobjonov Rahmatillo (Farg‘ona BO‘FA), Xoliqov Ulug‘bek (Toshkent BO‘FA), Musaxonov Isoxon (Namangan BO‘FA), Hamzaev Ziyod (“Paxtakor”).
Yarim himoyachi: Zevadinov Aleksandr (“Bunyodkor”), Qahhorjonov Asad (“Bunyodkor”), Kenjaboev Islom (“Nasaf”), Hakimov Aziz (“Spartak”), Omonaliev Abdulloh (“Spartak”), Kolbaev Maxset (Qoraqalpog‘iston BO‘FA), Jumaxonov Po‘lat (“Paxtakor”), Iskanov Aziz (“Nasaf”).
Hujumchilar: Soliev Iskandar (“Bunyodkor”), O‘rinboev Muhammadali (“Paxtakor”), Qodirov Muhammadbobur (Andijon BO‘FA), Komilov Murodjon (Farg‘ona BO‘FA), Bahodirov Sarvar (“Yashnobod”), Usmonov Muhammadali (“Paxtakor”).
Fikrlar