O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqadagi oxirgi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi

  • 11 may, 2019, 17:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Plyaj bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "Thailand Beach Soccer Five's 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. 
 
Musobaqaning birinchi o‘yinida vakillarimiz Tailand terma jamoasidan 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Ikkinchi o‘yinni Ummonga qarshi o‘tkazgan terma jamoamiz 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchinchi o‘yin bugun Livanga qarshi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 7:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Davron Choriev va Javlon Ahrorov mualliflik qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!