
O‘zbekiston terma jamoasining Misr darvozasiga kiritgan barcha gollarini tomosha qiling (video)
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailanddagi “Continental” xalqaro turnirining 3-o‘rni uchun tashkil etilgan bahsda Afrika qit’asining ikki karra chempioni - Misr terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 4:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni terma jamoamiz safida gollarni Anasxon Rahmatov (21', 40'), Ixtiyor Ropiev (25') va Akbar Usmonov (26') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar