O‘zbekiston terma jamoasining natijasi ishqibozlarni ranjitdi. Ammo muxlislarning Superligaga bo‘lgan qiziqishi qanday?
18-20 iyun kunlari katta tanaffusdan so‘ng Superligada 10-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Terma jamoaning salbiy natijasi sabab chempionat o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish pasayib ketishi kutilgandi. Biroq ko‘rsatkichlar yomon emas.
Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik. Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasini tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 28456 tomoshabin tashrif buyurdi (9-turda 24680 muxlis o‘yinlarni stadiondan tomosha qilgandi). Har bir bellashuvga o‘rtacha 4065ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Toshkentda qayd etildi. Ishonasizmi? “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi bahsni 10560 odam shohidiga aylandi (bu kamdan-kam uchraydigan holat, ammo ora-orada shunday ham bo‘lib turadi). Yangi homiy qo‘l ostida "sherlar" ilk uchrashuvda durang qayd etdi. Ammo eng ko‘p ishqibozlarni o‘ziga qarata oldi.

Eng kam ishqiboz Navoiyda. “Qizilqum” – “Surxon” bellashuvini 573 tomoshabin kuzatdi. Toshkent viloyati derbisini esa 1643 muxlis shohidi bo‘ldi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
"Paxtakor" - "So‘g‘diyona" 0:0. 10560 tomoshabin
"Turon" - "Bunyodkor" 0:3. 6496 tomoshabin
"Navbahor" - "Mash’al" 2:1. 5100 tomoshabin
"Nasaf" - "Andijon" 2:0. 3033 tomoshabin
AGMK - "Metallurg" 2:0. 1643 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" 0:1. 1051 tomoshabin
"Qizilqum" - "Surxon" 1:1. 573 tomoshabin
Fikrlar