O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi qaysi libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 19.03.2025 12:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi oq libosda o‘ynaydi 

Vakillarimiz ertaga Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
 
Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi. 
 
Futbolchilarimiz mazkur bahsda to‘liq oq, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!