O‘zbekiston Tokio olimpiadasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham ishtirok etmoqchi
Shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasida yurtimizdagi sport federatsiyalari bilan hamkorlikda Tokio Olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan rejalarning keng muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda. Bungacha engil atletika va boks federatsiyasi vakillari bilan ana shunday yig‘ilish tashkil qilindi. Navbatdagi uchrashuv basketbol, gandbol, suv polosi va suvga sakrash bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etish lozimki, yuqorida qayd etilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston xech qachon Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan. Bugun o‘tkazilgan uchrashuvda jamoalarimizning Tokio Olimpiya o‘yinlari uchun litsenziya olish imkoniyatlari muhokama qilindi. Federatsiya mutasaddilari MOQ rahbariyatiga Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqish uchun nimalar qilish lozimligi, qaysi yo‘nalishda ish olib bormoqchi ekanliklari haqida ma’lumot berdilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan Tokio Olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritgan har bir sportchi uchun 100 million so‘mdan pul mukofoti berilishi ma’lum qilindi.



Fikrlar