O‘zbekiston U-16 termasi Evropa jamoasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida maydonga tushdi. Unda vakillarimizga Belarus terma jamoasi raqiblik qildi. 

Unda hamyurtlarimiz yirik 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mehmonlar safida gollar Sahonchyuk, Sakaluski (dubl) va Simonenko (dubl) hisobiga qayd etildi. 

Biznikilardan yagona golga Bexruz Shukrullaev mualliflik qildi. Shuningdek, 40-daqiqada hamyurtimiz Dilshod Abdullaevga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!