O‘zbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi "Rivojlanish kubogi" xalqaro musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sergey Chigodaev shogirdlari uchinchi o‘rin uchun bahsda Qozog‘iston U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Jamoamiz safida Sadirjonov va Eshpo‘latov gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, yana bir gol qozoqistonlik futbolchi tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.
Boshlang‘ich tarkib:
Denis Juravlyov, Mirjamol Anvarov (s), Mashhurbek Abdisoliev, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiyev, Islom Ravshanov, Mikromil Murodov, Muhammad Mamatov, Jahongirmirzo O‘ktamboev, Asilbek Aliev, Laziz Abduraymov.
Zaxiradagi futbolchilar:
Olim Shomurodov, Elsevar Olimov, Mironshoh Eshpo‘latov, Ahrorbek Ravshanov, Amirxon Erkinov, Bilol Aliev, Muhammaddodilxon Orifxonov, Suhrob Sadirjonov, Rustam Aliev, Abdulboriy Zoidjonov.
Fikrlar