
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Avstriya klubi bilan murosa ko‘chasini tanladi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Avstriyaning “Blau-Vayss Lins” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi yoshlarimiz mazkur uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Terma jamoamizning yagona goliga Izzatillo Po‘latov (60-daqiqa) mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, yoshlarimiz 11 fevral sanasida "Zarya"ga qarshi maydonga tushadi. Oradan 3 kun o‘tib, vakillarimizga Tojikiston U-20 terma jamoasi raqiblik qiladi.
Fikrlar