O‘zbekiston U-20 termasi Gvatemalaga qarshi oq libosda harakat qiladi. Uchrashuv hakamlari ham ma’lum

  • 25 may, 2023, 17:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

Tecno

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Ma’ruf (Misr) ishlaydi. Unga qanotlarda Zakariyo Brinsi (Marokash) va Abbos Akram (Jazoir) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Mavritaniya) topshirilgan.

Shuningdek, VARda Amr El Shinavi (Misr) va Hamza El Fariq (Marokash) faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Gvatemala o‘rtasidagi uchrashuv 27 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!