O‘zbekiston U-23 terma jamoasining 3 nafar a’zosi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

  • 29 iyun, 2022, 23:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator tashabbuskor va etakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi:

Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston U-23 Olimpiya terma jamoasining 3 nafar a’zosi ham bor:

1. Jaloliddinov Jasurbek Jamshid o‘g‘li Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori

2. Norchaev Xusain To‘raqul o‘g‘liFutbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi

3. Erkinov Hojimat Botir o‘g‘liFutbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
30/06/2022 09:05
Бутун командага мукофотлар булдими. Финал бу жуда катта вокеа. Битти биттадан машиналар хам берилдими йукми ( Утган сафарги ю23 да финалга чикган Вьетнам жамоаси халк кахрамонлари булган экан) информациялар олсак яхши булар Эди футболчилар мехнат кадрланганлигини эшитиб биз ишкибозлар хам хурсанд булар Эдик.