O‘zbekiston va Misr terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvda kuch sinashdi (Video)

CHERY AUTO

Poytaxtimiz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan dzyudo bo‘yicha besh davlat terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qilmoqda.

 O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi Dzyudo markazida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda mamlakatimiz sportchilari bilan birga Gruziya, Frantsiya, Qirg‘iziston va Misr terma jamoalari ishtirok etayotgandi. Ulardan yon qo‘shnilarimiz mashg‘ulotni yakunlab, Bishkekka jo‘nab ketishdi.

Ushbu yig‘in mobaynida jamoaviy tarzda o‘zaro bellashuvlar ham o‘tkazilmoqda. Quyida, vakillarimizning Misr terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan, bahslarni e’tiboringizga havola etamiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!