O‘zbekiston Xorvatiyadan o‘toladimi? Imkoniyatlarga baho berildi
Qatarda davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoalar 1/16 final uchrashuvlaridagi raqibini bilib oldi.
“J” guruhida Irlandiya, Paragvay va Panama terma jamoalari bilan raqobatlashgan yosh futbolchilarimiz olti ochko bilan ikkinchi o‘rinni olib, pley-off bosqichiga chiqdi. Islom Ismoilov shogirdlari Paragkvayni 2:1 va Panamani 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi pley-offning birinchi uchrashuvini Evropa vakili – “S” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Xorvatiya futbolchilari bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Ayni paytda ekspertlar terma jamoalarning pley-offdagi imkoniyatlarini tahlil qilib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Xususan, rossiyalik jurnalist Aleksandr Troitskiy O‘zbekiston U-17 terma jamoasi va xorvatiyaliklarning imkoniyatlariga baho berdi.
- O‘zbekiston terma jamoasi 1/16 finalda xorvatiyaliklar bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Ya
Yaxshi jamoa. Etti ochko bilan o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi, oldinga faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra faqat Senegalni o‘tkazib yubordi.
Top-o‘yinchilari yo‘q. Transfermarkt portalida uch nafar futbolchi ko‘rsatilgan: Germaniya to‘rtinchi divizionda o‘ynayotgan “Nyurnberg II” jamoasidan Tino Kushanovich (300 ming evro), Xorvatiyaning “Slaven Belupo” klubi tizimidagi Gabriel Shivalets (250 ming evro), Zagrebning “Dinamo” jamoasi akademiyasidan Leon Yakirovich (150 ming evro).
Bundan tashqari, Italiyaning “Parma”sidan hamda nemis klublari o‘smirlar jamoalari va akademiyalaridan bir necha yosh o‘yinchilar bor.
Umuman olganda, bu jamoadan o‘tishga o‘zbekistonliklarning kuchi etadi. Birorta uddalab bo‘lmas ishni ko‘rmayapman, - deb yozdi Aleksandr Troitskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Islom Ismoilov shogirdlari shu yilning bahorida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘sha Osiyo kubogining finalida o‘zbek yigitlari finalda ikkita o‘yinchi kam qolganiga qaramay, Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, sensatsion g‘alabaga erishgandi.
Fikrlar