O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 14 ta medal bilan Osiyo chempionatini 1-o‘rinda yakunladi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. 

Dzyudochilarimiz birinchi kunning o‘zidayoq 9 ta medal (3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) bilan qit’aning eng kuchli jamoalari orasida ishonchli etakchilikni qo‘lga kiritdilar.

Bugun esa boshlangan ishga chiroyli yakun yasaldi. Finalda kurashgan 5 nafar dzyudochimizning bari yorqin g‘alabalar evaziga Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 14 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.  

Koreya Respublikasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega Hindiston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi. 

O‘zbekiston kadetlar va yoshlar terma jamoalari to‘rt kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra umumiy hisobda 31 ta medalni qo‘lga kiritdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
14/09/2025 20:14
Zo‘r!