
O‘zbekistonda totalizatorga ruxsat berilishi mumkin. Shungdek, Superligada VAR paydo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda regulation.gov.uz sayti xabar berdi.
Jumladan, loyihada 2021 yil 1 yanvardar boshlab: Xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
Fikrlar