
O‘zbekistonga qarshi ikkita uchrashuvda o‘ynagan mashhur futbolchi balkondan pastga quladi
Saudiya Arabistonining taniqli futbolchisi Fahad Al-Muvallad hayotida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Bir necha manbalarning yozishicha, u ikkinchi qavatdagi balkondan pastga qulab tushgan.
Manbalarga ko‘ra, voqea futbolchining Dubaydagi shaxsiy uyida sodir bo‘lgan.
Fahad o‘z vaqtida shifoxonaga etkazildi va ayni paytda intensiv terapiya bo‘limida da’volanmoqda.
Al-Muvallad Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab” jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Bu klub safida 2022 yildan beri to‘p tepyapti. Faoliyatining katta qismini “Al-Ittihod” klubida o‘tkazgan. Shuningdek, 2018 yili Ispaniya chempionati vakili “Levante”da ham o‘ynagan.
Fahad Al-Muvallad Saudiya terma jamoasida 74 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qilgan.
Saudiyalik hujumkor futbolchi O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlar ishtirokchisi hisoblanadi. U hamyurtlarimiz bilan 2015 va 2021 yilgi bahslarda maydonga tushib, bitta golli pas ham uzatgan.
Fikrlar