O‘zbekistonlik bokschi 1 mln dollar ishlab olishi mumkin

  • 05.12.2024 23:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Shaxobiddin Zoirov 6 dekabr kuni Dubay shahrida joylashgan "The Agenda" arenasida ringga ko‘tariladi.

Xamyurtimiz IBA Pro World chempionlik kamari uchun Yoel Finol bilan 10 raundga mo‘ljallangan jangda ishtirok etadi.

E’tiborli jihati shuki, vazn o‘lchash marosimida IBA prezidenti Umar Kremlyov yurtdoshimizga 5-raundgacha raqibini nokaut qilsa, unga 1 mln dollar berishni va’da qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
06/12/2024 06:24
кичик вазнда нокаут кийинрок