O‘zbekistonlik bokschi debyut jangida tajribali raqibga qarshi ringga ko‘tariladi

  • 13 yanvar, 2020, 16:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 1 fevral kuni Andijonning Xonobod shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasida ringga ko‘tariladigan yurtdoshlarimizning raqiblariga oydinlik kiritilmoqda.

Tecno

Jumladan, - 63,5 kg da 4 raundlik jangda Jamshid Rixsievga rossiyalik Maksim Pleshov raqiblik qilsa, -69,9 kgda ikki yurtdoshimiz andijonlik Islom Mo‘minov hamda namanganlik Dilshod Isroilovlar 4 raundlik jangda ro‘baro‘ kelishadi. -72,5 kg vazn toifasida debyut jangini o‘tkazadigan Otabek Turdixo‘jaev ham 4 raundlik jangda anchagina jiddiy raqib Karen Avetisyan bilan to‘qnash kelladi. Rossiyalik ushbu bokschi juda tajribali u professional ringda 40 dan oshiq jang o‘tkazgan. U hamyurtimiz G‘ayrat Ahmedov va Ulug‘bek Haqberdievlar bilan ham to‘qnash kelgan.

Havaskor boksda eng sovrindor bokschilarimizdan biri sanaladigan Jasurbek Latipovning debyut jangidagi raqibi ham tez fursatda aniq bo‘ladi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Avetisyan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!