O'zbekistonlik hakam Indoneziya Superligasiga o'tish o'yinini boshqaradi
O‘zbekistonlik hakam Asker Najafaliev Indoneziyada muhim uchrashuvni boshqaradi.
Bugun, 8 may kuni Indoneziya Liga 2 musobaqasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Persipura” — “Adhyaksa” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvni hamyurtimiz boshqarib boradi. Bu haqida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.
Bahs Indoneziya Superligasiga chiqish yo‘lidagi hal qiluvchi o‘yinlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar