O‘zbekistonlik hakam sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogi finalida ishlaydi

  • 26.03.2023 16:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Baxtiyor Namozov final bahsiga tayinlov oldi.

Tailandda davom etayotgan sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogi bahslarida Nayim Qosimov (hakam) va Baxtiyor Namozov (nazoratchi)ning ishtiroklari davom etmoqda.

Nayim Qosimov Tayland - Bahrayn (uchinchi hakam); Yaponiya - Livan (ikkinchi hakam);
Yarim finalda BAA - Yaponiya (ikkinchi hakam)o‘yinlarda hakamlik qilishga ulgurdi.

Baxtiyor Namozov Malayziya - O‘zbekiston, BAA - Eron, Kuvayt - Qirg‘iziston, yarim finalda Eron - Ummon hamda bugun finalda Yaponiya - Eron bahsida nazoratchi etib tayinlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!