O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogining chorak final bahsini boshqarib boradi
O‘zbekistonlik hakamlar jamoasi Osiyo kubogi chorak final bahslarida faoliyat olib boradi.
16 yanvar kuni U-23 Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan Yaponiya va Iordaniya jamoalari o‘rtasidagi bahsda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakam: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
Fikrlar