O‘zbekistonlik hakamlar U17 jahon chempionatida faoliyatini davom ettiradi
O‘zbekistonlik hakamlar Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan U17 jahon chempionatida faoliyatini davom ettiradi.
U17 jahon chempionatining nimchorak bosqichi doirasidagi, 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Braziliya — Frantsiya jamoalari ishtirokidagi o‘yin o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.
18 noyabr, Braziliya — Frantsiya uchrashuvida:
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov



Fikrlar