O‘zbekistonlik ITKF karate-do ustalari onlayn tarzidagi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

CHERY AUTO

25-29 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida ITKF karate-do bo‘yicha Afro-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Mazkur turnir kata yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn tarzida tashkil etildi. Musobaqada o‘zbekistonlik 21 nafar karate ustasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston ITKF karate-do terma jamoasi a’zolaridan 4 nafari sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.

Jumladan, O‘ljas Turdaliev va Tohir Shodmonaliev chempionat g‘olibi bo‘ldi, Toshtemir Po‘latov hamda Ramshid Soliboev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Itkf1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!