
O‘zbekistonlik Kante — Umarali Rahmonaliev "Rubin" klubiga katta intervyu berdi
Yaqinda "Bunyodkor"dan Rossiyaning "Rubin" jamoasiga o‘tgan futbolchimiz Umarali Rahmonaliev Qozon klubi rasmiy saytiga intervyu berdi.
- "Rubin" varianti qanday paydo bo‘ldi? Hozir sizda qanday his-tuyg‘ular bor?
- Bu erda meni yaxshi kutib olishdi, hammasi joyida. Agentim menga “Rubin” varianti haqida gapirib berdi. Murabbiy va yaqinlarim bilan maslahatlashib, ketishga qaror qildim. Men o‘zimni Rossiya futbolida sinab ko‘rmoqchiman. Yashirmayman, orzuim - Evropada o‘ynash, “Rubin” esa o‘zimni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat. Bu yog‘iga futbol maydonida qilishim mumkin bo‘lgan hamma narsani amalga oshirishim kerak.
- “Rubin” klubi haqida nima deya olasiz?
- Bu erda futbol uchun hamma narsa bor - tashkilotchilik, mashg‘ulotlar, maydonlar. Qisqasi, barcha sharoit bor. Qozonni biroz aylanib chiqdim, shahar go‘zal. Birinchi mashg‘ulotni o‘tkazdim, o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman.
- Jamoadoshlaringiz bilan tanishdingizmi?
- Ha, ko‘pi bilan tanishdim. Bugun Bezrukov bilan gaplashdik, u birinchi mashg‘ulotda menga katta yordam berdi. Murabbiylar ham ajoyib. Hozircha, menda hech qanday muammo yo‘q edi.
- Yozda "Rubin"ga o‘tishingiz haqida ma’lumotlar bor edi bo‘lgandi. Klubning o‘yinlarini tomosha qildingizmi?
-Ha, men jamoaning o‘yinlarini tomosha qildim. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda klubga aloqador videolarni ham ko‘rdim. Rossiya futboli Evropada o‘z o‘rniga ega. Bu erda ko‘proq kurashish kerakligi aniq.
- O‘zbekistonda Kante laqabingiz bor, deyishadi. Shu rostmi?
- Ha. 2015 yil, “Bunyodkor” akademiyasida bo‘lganimda yoshi kattaroq yigitlar shunday nom qo‘yishgan.
Qaysi pozitsiya siz uchun qulay?
Bu murabbiyning qarorlariga bog‘liq. Men tayanch zonasida yaxshi o‘ynay olaman. O‘zbekiston chempionatida ikkinchi davra boshqa pozitsiyasida o‘ynadim, ya’ni bu yolg‘on “sakkizlik”. Ammo shuni aytishim kerakki, men murabbiy qo‘ygan pozitsiyaga tezda ko‘nikib keta olaman.
- Qanday kuchli tomonlaringizni ta’kidlagan bo‘lar edingiz?
- Men o‘zimga baho bera olmayman. Yaxshisi, maydondagi o‘yinim orqali barchasini ko‘rsatishim mumkin.
- Mavsumdagi maqsadlaringiz qanday?
- Har doim jamoaviy maqsadlar ustuvor. Keyin shaxsiy maqsadlar mavjud. O‘zimga va butun O‘zbekistonga o‘zbek futbolchilari Rossiyada ham qanday o‘ynashi mumkinligini isbotlamoqchi edim.
Fikrlar