Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

O‘zbekistonlik kartingchilar Qozog‘istondagi musobaqada ishtirok etishdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Sportchilarimiz musobaqaning birinchi bosqichida ishtirok etishdi

26–27-aprel kunlari O‘zbekistonning Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) litsenziyasiga ega bo‘lgan sportchilar Qozog‘iston Respublikasi karting bo‘yicha xalqaro sinflardagi chempionatining 1-bosqichida ishtirok etishdi. Musobaqalar Sokol International Circiut" avtodromida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston vakillari Mini, OK-J va Rotax Max toifalarida qatnashishdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra:  
– Yaroslav Xramchixin Mini toifasida 3-o‘rinni egalladi,  
– Najniddinov Kamoliddin Rotax Max toifasida uchinchi bo‘lib marraga etib keldi,  
– Hamraev Amir esa OK-J toifasida 4-o‘rinni egalladi.  

Mazkur bosqich sportchilar uchun xalqaro maydonda tajriba orttirish va o‘zaro tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q