O‘zbekistonlik MMA jangchisi Furqatbek Yoqubov braziliyalik jiddiy raqibga qarshi oktagonga ko‘tariladi

  • 24.11.2020 17:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘zbekistonlik  yarim engil vazn toifasidagi MMA jangchisi Furqatbek Yoqubov 27 noyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hamyurtimiz BAAning Dubay shahrida “UAE Warrios“ promousheni tomonidan tashkil etilayotgan jang kechasida oktagonga ko‘tariladi. Uning raqibi braziliyalik Vinisius De Oliveyra bo‘ladi. Furqatbek professional faoliyati mobaynida 3 ta jang o‘tkazib, ikki bor g‘alaba qozongan va bir bora mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Uning raqibi esa 12-2 ko‘rsatkichga ega.

Biz ushbu jang yuzasidan yurtdoshimizni fikri bilan qiziqdik...

- Nasib qilsa, 27 noyabr kuni navbatdagi jangimni o‘tkazaman. Raqibim braziliyalik tajribali jangchi... Aslida, u bilan rossiyalik sportchi jang qilishi kerak edi. Lekin u ba’zi sabablarga ko‘ra, etib kela olmasligini bildirganidan so‘ng, uning o‘rnini tashkilotchilar men bilan to‘ldirishga qaror qilishdi. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi. Nasib qilsa, g‘alabalar bilan barcha muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.

126902455_112974617299001_6295543720792925184_n

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!