
O‘zbekistonlik MMA vakillari Qirg‘izistonda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi
20 dekabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida MMA bo‘yicha turnir o‘tkazildi. “Aybat FC” tomonidan tashkil qilingan ushbu jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz ham o‘z janglarini o‘tkazdi.
70 kg vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan Diyor Mutalibov mezbonlar vakili Urmat uulu Talas bilan to‘qnash kelib, birinchi raundning o‘zida texnik nokaut bilan zafar quchdi. 80 kg vaznda o‘z jangini o‘tkzagan Doston Ismoilov esa yana bir qirg‘izistonlik Sardor Uraimovni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, chiroyli tarzda g‘alabaga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!
Fikrlar