O‘zbekistonlik muaytaychi Parijda chempionlik kamari uchun jang qiladi

CHERY AUTO

Joriy yilning 12 fevral kuni Frantsiya poytaxti Parij shahrida professional muaytay kechasi bo‘lib o‘tadi. Singapurning ONE Championship promousheni bilan WMC hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu muaytay oqshomida hamyurtimiz Mansurbek Tolipov ham ringga ko‘tariladi.

Tecno

U markaziy jangda chempionlik kamari uchun mezbonlar vakili, amaldagi chempion Xamza Ngotoga qarshi bahs yuritadi. Ushbu qarama-qarshilik 76 kg vazn toifasida o‘tkazilib, 5 raunddan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Mansurbek Tolipov so‘ngi jangini Toshkentda AQSh vakili Omar Ezekelga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alabaga erishgan edi. Shuningdek, hamyurtimiz IFMA, WKL yo‘nalishida jahon chempioni va Osiyo chempionligini ham qo‘lga kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!