Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘zbekistonlik Olimpiada sovrindorida doping aniqlandi va 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar bermoqda.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempionati kumush medali hamda ko‘plab turnirlarda ishonchli g‘alabalarga erishgan sportchi Diyorbek O‘rozboevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar bermoqda.

Diyorbek O‘rozboev O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro‘yxati”ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan edi.

Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan, ya’ni, “Meldonium” taqiqlangan moddasi iste’mol qilinganligi aniqlangan.

“Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Natijada, O‘rozboev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.

Dzyudochi diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo‘yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.

Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q