O‘zbekistonlik shaxmatchilar BAAdagi yirik turnirda qatnashmoqda!

  • 16 avgust, 23:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida shaxmat bo‘yicha "31- Abu Dhabi International Chess Festival" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Turnir shveytsarcha tizimda 9 raunddan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, 30 soniyadan vaqt nazorati belgilanadi. Tashkiliy qo‘mita o‘yinchilarni besh yulduzli mehmonxonada bepul joylashtirishni ta’minlaydi. Turnir "Masters",  Online Masters",  "Open A",  "Open B",  "Ladies Blitz U16",  "Academy Seniors 50+",  "Family Teams", "Community teams Corporate" kabi bo‘limlarga bo‘lingan shaklda o‘tmoqda.

Musobaqaning umumiy sovrin jag‘armasi 500,000 dirhamni ni tashkil qiladi. Bu yilgi festival o‘z tarixidagi eng ko‘p ishtirokchiga ega bo‘lib, unda 82 mamlakatdan 3000 dan ortiq o‘yinchi qatnashmoqja.  Avvalgi birinchilikda 2,500 dan ortiq shaxmatchi qatnashgandi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilardan Abdulazizov Asilbek, Abdulazizov Asadbek, Abdulazizova Asmira, Abdulazizova Asmina, Jumaev Bekzod, Abduqayumov Alisher, Ikrom Haliov, Hasan Akramov, Bobomurodova Maftuna, Abdulaziz Qurbonov Behruz Qudratov, Rauf Qosimov va Mansurova Mumtozbegim kabilar qatnashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
17/08/2025 00:18
Barcha shaxmatchilarimizga omad tilayman!