O‘zbekistonlik yakkakurashchi Husniddin G‘aniev Rossiyadagi turnirda chempionlik kamariga ega bo‘ldi
O‘zbekistonlik yakkakurashlar jang san’atlari ustasi Husniddin G‘aniev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirda ishtirok etdi.
"Bike Fight" xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchi mezbonlar vakili Ruslan Kasiev qarshi ringga chiqib, ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun keldi hamda "Bike Fight” chempionlik kamari sohibiga aylandi.

Bu sportchi bunga qadar ikkita proffesional jang o‘tkazib, ularda g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar